
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" o‘yini videosharhi
Amaldagi chemion - Toshkentning "Lokomotiv" klubi bu tur hamshahari - "Bunyodkor" bilan kuch sinashdi.
"Lokomotiv" stadionida kechgan uchrashuv "temiryo‘lchilar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Dastavval 3-daqiqadayoq Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni ochishga erishdi. 35-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov gol kiritib, muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida Husniddin G‘ofurov tomonidan kiritilgan gol esa "Loko"ga g‘alaba keltirdi. Quyida mazkur o‘yin videosharhi bilan tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar