
Loftus-Chik so‘nggi 4 yilda Evropa ligasida xet-trik qayd etgan ilk angliyalik futbolchi bo‘ldi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik kecha Evropa ligasi guruh bosqich 3-turida BATEga (3:1) qarshi bahsda raqib darvozasiga naqd 3ta to‘p kiritishga erishdi.
E’tiborlisi, 22 yoshli futbolchi so‘nggi 4 yil ichida ushbu musobaqada xet-trik qayd etgan ilk angliyalik futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tish lozimki, so‘nggi bor bunday natijaga 2014 “Tottenxem” forvardi Xarri Keyn “Asteras”ga (5:1) qarshi bahsda sazovor bo‘lgan edi.
Fikrlar