
"Liverpul" sardoridan ayrildi
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson kamida o‘n kun davomida futbol o‘ynay olmaydi. Angliyalik tajribali yarim himoyachi oyog‘idagi og‘riq tufayli davolanishga majbur.
Xenderson ushbu jarohati tufayli Angliya premer-ligasining 20-turidan o‘rin olgan "Sanderlend"ga qarshi uchrashuvda ham qatnasha olmadi.

Jordan Xenderson mavsum boshidan buyon Angliya chempionatida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga bitta gol urdi.
Fikrlar