“Liverpul” qanday qilib Fabino uchun kurashda boshqalarni ortda qoldirdi?

  • 1 iyun, 2018, 20:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizillar” Fabinoning transferi borasida “Monako” bilan tinchgina yo‘lni tanlagani aniq. Sababi yarim himoyachiga bir qator klublar jiddiy qiziqish bildirayotgan bir vaqtda “Liverpul” uni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

Tecno

Ko‘p jihatdan bu “eskicha” uslubdagi klassik transfer bo‘ldi. “Mersisaydliklar” dushanba oqshomida braziliyalik futbolchi transferi borasida ommaga etkazdi va ko‘pchilikni hayron qoldirgani aniq. Albatta frantsuz va ingliz OAV lari o‘sha kuni bu haqida bong urishdi ammo voqealar rivojining bunday tez ko‘rinish olishi e’tiborga molik.

Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan 48 soat o‘tmay “qizillar” yozgi transferdagi ilk haridini amalga oshirdi. 1-iyuldan kelib qo‘shiladigan ikki yarim himoyachi uchun 90 million funt to‘lanadi.

Barcha klubning “Lion” etakchisi Nabil Fekirga bo‘lgan qiziqishini bilishadi. Bu jiddiy kuchayish bo‘ldi. Biroq hech qanday transfer “Real”dan uchralgan mag‘lubiyatni unuttira olmaydi, biroq futbol tezlik bilan olg‘a siljiyveradi. Muxlislar o‘z jamoasining yangi mavsumga ham oliy maqsadlarni qo‘yganini his qilishdi.

Ushbu transfer “Liverpul” uchun kutilmagan omad bo‘ldi. Fabino 1 Liga chempioni bo‘lgan va Chempionlar Ligasida ham ancha tajribasi bor. Boz ustiga, u bir qancha pozitsiyalarda o‘ynay oladi va yoshi ham 25 ekanligini eslasak, klub ko‘p narsa yutdi.

Braziliyalik futbolchining haridorlari ham ko‘p edi. “PSJ” uni o‘tgan yozdayoq sotib olishi mumkin edi. Ammo uning o‘rniga sobiq jamoadoshi Kilian Mbappeni olib ketdi. “Atletiko Madrid” ham uni zimdan kuzatib yurgan edi. “Arsenal” bu poygada ishtirok etishda qiynalishini tushunib etgach, uzoq vaqt “Manchester Yunayted” unga “og‘iz soldi.”

Yakunda futbolchi “Liverpul”ga o‘tishni ma’qul topdi. Besh yillik shartnoma imzolandi va uning transferi 45 million evroga (5 million qo‘shimcha bonus) baholandi.

Klopp oltita muhim finalni yutqazganligi uchun omadsiz murabbiydek ko‘rinadi, biroq iste’dodli futbolchilarni jalb qilish bo‘yia oliy toifadagi murabbiy sanaladi.

Nabi Keytada ham o‘tgan yozgi transfer vaqtida bir qator takliflarga ega edi, lekin u ham “Enfild”ni tanladi. Virgil Van Deykni Premer Liganing top klublari qiziqish bildirayotgan bir onda Klopp qo‘l ostida ishlashni ma’qul topdi. Oksleyd-Chemberleyn shimolga ko‘chishdan oldin “Chelsi” taklifini rad qilgandi. “Liverpul” Fekir ham shu yo‘lni tanlashiga umid qilmoqda. Bunda ularning yo‘liga yana “Chelsi” to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin.

Bunda yana bir e’tiborga molik jihat – Fabinoning agenti. Jorje Mendesh futbol olamining eng kuchli figuralaridan biri. Uning mijozlari orasida Krishtianu Ronaldu, Xames Rodriges, Diego Kosta, Joze Mourino va boshqa ko‘plab taniqli shaxslar bor.

Uning Gestifute kompaniyasi so‘nggi 10 yilda Evropaning bir qator yuqori profilli transferlariga bosh-qosh bo‘lgan.

Mendesh “Liverpul” bilan kelishuvni amalga oshirish uchun shaxsan Fabinoning o‘zi bilan keldi. Ushbu transfer “qizillar” futbolchilarni jalb qilishda Evropaning top klublaridan ilgarilab ketganini ko‘rsatadimi?

Albatta, klubning sport ishlari bo‘yicha direktori Maykl Eduords va transferlar bilan shug‘ullanadigan jamoa qit’a bo‘ylab yangi yo‘nalishlarni kashf qilmoqda. Klub 2010-yilda Fenway Sports Group qo‘liga o‘tganidan beri yirik o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Eng muhimi 2015-yilda klub boshqaruviga Yurgen Kloppning kelishi bo‘lgandi.

Dushanba kuni Kloppning Fabinoning shaxsiyati va uning oilasi haqida gapirgani ahamiyatga molik. Ushbu transfer qanday qilib uzoq vaqt davomida yopiqligicha qolganida bo‘lmoqda. Ayon bo‘lmoqdaki, “qizillar” o‘tgan yili “Monako” futbolchilari – Benjamin Mendi va Toma Lemarlarni qo‘shib olmoqchi bo‘lganida, Fabinoni ham ko‘zdan qochirmagan. Garchi yakunda uchchalasidan ham ayrilgan ingliz klubi bu safar ular bilan qayta aloqaga chiqqan.

Klopp o‘z tarkibiga ko‘p qirrali, himoyaviy kuchli futbolchini olib keldi. Biroq ungacha klub Jorjinoni olib kelmoqchi edi. “Napoli” etakchisi “Manchester Siti”ni tanlashi aniq bo‘lgach tanlov “Monako” vakiliga qaratilgan. “Liverpul” buni shov-shuvsiz amalga oshirishni istagan.

O‘tgan yozda Van Deykning “Enfild”ga qanday kelganini ko‘pchilik unutgani yo‘q. U bunday bosimni ko‘rib ancha payt o‘ziga kelolmay yurdi.

Klopp shanba kuni mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, dushanba kuni g‘alaba qozondi. Klub muxlislari hali bundan ko‘pi sodir bo‘lishiga ishonchlari ortib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!