«Liverpul» Koutinoga nihoyat o‘rinbosar topdimi?

  • 26 noyabr, 2018, 11:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xerdan Shakirining «Kardiff»ga urgan goli «Liverpul»dagi faoliyatida esda qolarli bo‘ldi. U Premer Liga doirasida «qizillar» uchun birinchi bor gol urgani uchun emas. Gap boshqa joyda.

Tecno

U o‘z yo‘lida himoyachi Shon Morrisonni Koutinocha uslubda dog‘da qoldirgani e’tiborga molik. Aftidan Shakirini birinchi marta Filippe Koutinoga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘ra boshlashdi.

Braziliyalik «afsungar» shu yil yanvarida «Enfild»ni tark etganidan keyin «Liverpul» uning o‘rinbosarini tanlash uchun maygacha kutishiga to‘g‘ri kelgandi. Klub bor e’tiborini Nabil Fekirni olib kelishga qaratdi. Shakiri ularning ro‘yxatida asosiysi emasdi. Shveytsariyalik futbolchi rejadan tashqari amalga oshirildi. Bungayam uning transfer bahosi o‘rtamiyona narxda – 13.5 million funt ekanligi sabab bo‘ldi. Ammo uning ko‘p qirrali futbolchi ekanligi asosiy tarkibda katta foydasi tegishini bildirar edi.

Ammo «Stok Siti»ning sobiq vakilini ko‘p maqtashdan kam maqtashga o‘tilganini unutmaslik kerak. Fakt shuki u Fekirdek bo‘la olmaydi. Terma jamoasi uchun 70 uchrashuv o‘tkazgan 26 yoshli futbolchi Bundesliganing ikki karra, Chempionlar Ligasining bir marta g‘olibiga aylangan. Albatta u bularga «Bavariya»da zaxirada o‘tirgan holda ega chiqqan. Ammo u futbol jamoatchiligi kutganidek vunderkind bo‘la olmadi.

Xullas uning «Liverpul» safiga o‘tishida ko‘pblab faktorlar tufayli sodir bo‘ldi. Ammo u mavsumoldi yig‘inda undagi iqtidor yo‘qolib qolmaganini ko‘rsatdi. Ayniqsa Xalqaro Chempionlar Kubogida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda o‘zini ijobiy tarafdan ko‘rsatdi. O‘sha uchrashuvda ham Koutinocha uslubda gol urgani klub muxlislarida umid uchqunlarini uyg‘otdi.

Bir vaqtlar braziliyalik futbolchi ham qiyin vaziyatga tushib qolgan paytlar bo‘lgan. Ammo Yurgen Klopp jamoa bilan birgalikda uning yuqori sifatli futbolchiga aylanishiga hissa qo‘shdi. «Inter»ning sobiq vakili chap qanotda to‘pni egallab markazga qarab borishi va darvozani aniq nishonga olishi «qizillar»ga kuch bag‘ishlardi. Dortmundliklarning sobiq murabbiyi ham undan shuni talab qilardi.

Koutinoning o‘yini o‘zgara boshladi. U futbolchi sifatida ulg‘aydi. Uning gol urish ko‘rsatkichi ortib bordi, sababi u jarima maydonchasi ichida muntazam ravishda paydo bo‘laverdi. Football Whispers nashriga ko‘ra, uning 90 daqiqada gol urish statistikasi Klopp kelganida 0.19 ni tashkil etgan bo‘lsa, La Ligaga ketar chog‘ida bu 0.38 ga etgan edi.

Boshqa top futbolchilar kabi u buni muntazam orttirib bormoqda. «Kamp Nou»ga kelganiga olti oy to‘lgan vaqtda uning raqamlari 90 daqiqada 0.53 gacha borib etdi.

Klopp Koutinoni o‘z istagan tarzda etishtirdi. Bunga «Barsa» vakilining hali shakllanmagani yordam bergandi. Ammo buni Shakirida qo‘llab bo‘lmaydi.

Koutino sayqallanishga muhtoj javohir edi. Shakiri esa ayni vaqtda undagi jismoniy kuch, to‘p bilan muomalasi ko‘zga tashlanmoqda. 23-raqam egasining ko‘rsatayotgan o‘yini rotatsiya variantini yaratib bersa, boshqa tomondan nemis murabbiyiga asosiy tarkibni tanlashda biroz boshog‘riq bo‘lmoqda.

Klopp Angliyaga kelganidan beri 4-3-3 o‘yin tizimiga yopishib olgandi. Keyinchalik «qizillar» o‘z uslubini biroz o‘zgartirib 4-2-3-1 ga o‘tdi. Bu ikki kishilik tayanch yarim himoyasida Fabinoni joylashtirish zarurati tufayli amalga oshirildi. Ammo yangi sxemada aynan Shakiri porlamoqda. Ko‘ramiz uning jamoaga kirishib ketishi qachongacha davom etarkin. Balki hozir ko‘pchilikning tiliga tushayotgan «yangi Koutino» bo‘lar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!