
Lempard: MYuni mag‘lub etganimiz meni lol qoldirdi
"Derbi Kaunti" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya liga kubogi doirasida "Manchester Yunayted"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘yin natijasidan judayam xursandman. "Old Trafford"da birinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng, yaxshi harakat qildik. Jamoa o‘z harakterini ko‘rsatib ajoyib o‘yin tashkil qildi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozondik.
Bilasizmi, asosiy tarkibni tanlashda hech qanday qiyinchilik ko‘rganim yo‘q. Jamoa bilan g‘ururlanaman. Mening maqsadim, kuchli va o‘ziga ishongan klubni tashkil etishdir, - deya Lempardning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC nashri.
Fikrlar