Legionerlarimiz. Tursunov va Gadoevlarning jamoasi nihoyat g‘alaba qozondi

  • 11 avgust, 2018, 17:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtlarimiz Shoxrux Gadoev va Sanjar Tursunovlar faoliyat olib boradigan "Tedjon Sitizen" jamoasi bu tur safarda "Anyang" mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Mazkur uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdilar. Gadoev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 58-daqiqada uning o‘rniga Sanjar Tursunov maydonga tushdi va u 85-daqiqada sariq kartochka oldi.

Shu tariqa, "Tedjon Sitizen"ning 6 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasi barham topdi. Jamoa turnir jadvalida 26 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

K Liga-2. 23-tur

"Anyang" - "Tedjon Sitizen" 0:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!