
Legionerlarimiz. “Tosno” va “Nefteximik” mag‘lubiyatga uchradi
Kecha Rossiya Birinchi divizionida 36-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan “Tosno” safarda “Tambov”ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada zahiraga olindi. Eslatib o‘tamiz, “Tosno” muddatidan oldin Premer ligaga chiqishni uddalagan edi.
Bobur Davlatov to‘p tepadigan “Nefteximik” esa “Tyumen”ga qarshi bahs yuritdi. Hamyurtimizsiz o‘tgan o‘yinda “Nefteximik” 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Rossiya Birinchi divizioni. 36-tur
“Tambov” – “Tosno” 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 16 Ovsienko, 2:0 - 20 Shevchuk, 3:0 – 35 Shevchuk(penaltidan).
Tambov – Vavilin, Bystrov, Ovsienko, Shlyakov, Gorbatyuk, Shevchuk (Sorokin, 79), Murnin (Stolyarenko, 84), Chernyshov (Rybin, 71), Poyarkov, Dorojkin (Chasovskix, 56), Delkin.
Tosno – Baychora, Logashov (Zabolotnyy, 46), Nikitin, Dugalich, Aravin, Alshin, Galiulin (Kireenko, 65), Muxametshin (Chirkin, 46), Kashchelan, Kutin, Markov (Milevskiy, 65).
Ogohlantirishlar: Rybin ("Tambov") - Muxametshin ("Tosno").
“Tyumen” – “Nefteximik” 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Mamtov, 2:0 – 67 Klenkin.
Nefteximik – Kniga, Tarakanov, Sorokin, Surkov, Malyaka (Morozov, 76), Voronkin (Gagloev, 71), Sitdikov, Galiakberov (Matyash, 76), Geloyan (Pytlev, 71), Babyr, Mullin.
Tyumen – Obuxov, Shakuro, Guz, Axmedov, Shlyapkin (Shabaev, 88), Klenkin (Pustozerov, 90), Telenkov, Chudin, Ryabokobylenko, Chukanov, Mamtov (Gluxov, 90).
Fikrlar