Legionerlarimiz. Nasimovning jamoasi peshqadamga mag‘lub bo‘ldi
Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan liga – K Liga Chellenjda 23-tur o‘yinlariga start berildi.
Hamyurtimiz Bahodir Nasimov faoliyat olib boradigan “Ansan Griners” jamoasi safarda turnir karvonboshisi “Kyonnam” klubiga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Hamyurtimiz zahirada qoldirildi.
K Liga Chellenj. 23-tur
“Kyonnam” – “Ansan Griners” 3:1.



Fikrlar