Legionerlarimiz. Musaevning jamoasi super natijalar qayd etmoqda

  • 29 iyul, 2017, 17:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Yaponiya Jey ligasida ikkinchi davra o‘yinlari start oldi. Hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” klubi mavsumning ikkinchi yarmini “Kavasaki Frontale”ga qarshi o‘yin bilan boshladi.

Tecno

Mazkur o‘yinda “Jubilo Ivata” safardan 5:2 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytadigan bo‘ldi. Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. 54-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirilgan bo‘lsa, oradan 20 daqiqa o‘tib ikkinchi bor ogohlantirildi va maydondan chetlatildi.

Qayd etish joiz, “Jubilo Ivata” yoz faslida xali mag‘lub bo‘lmadi. So‘nggi bor jamo 31 may sanasida mag‘lub bo‘lgan edi. Shundan so‘ng o‘tkazilgan mana 8 o‘yindirki, “Jubilo Ivata” faqat g‘alaba qozonib kelmoqda.

Yaponiya Jey Ligasi. 19-tur

“Kavasaki Frontale” – “Jubilo Ivata” 2:5

Gollar: Neto(12), Abe(82) – Kavabe(8, 55), Sakurauchi(24), Adailton(59), Kavamata(61)

Ogohlantirishlar: Abe(60), Elsino(64) – Sakurauchi(36), Musaev(54), Kavabe(81)

Chetlatish: Fozil Musaev(73).
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!