
Legionerlarimiz. Musaevning jamoasi irodasizlik qildi
Bugun Yaponiya Jey Ligasida 20-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” klubi o‘z maydonida “Sanfrechche Xirosima” klubiga qarshi bahs olib bordi.
Mezbonlar birinchi bo‘limda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsalarda, ikkinchi bo‘limda, irodasizlik qilib 2 ta gol o‘tkazib yuborishdi va tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.
Fozil Musaev o‘tgan turda hakam tomonidan maydondan chetlashtirilgani uchun bugungi o‘yinni diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yubordi.
Yaponiya Jey Ligasi. 20-tur
“Jubilo Ivata” – “Sanfrechche Xirosima” 2:3
Gollar: Nakamura(16 penaltidan), Oi(28) – Kashiva(24), Patrich(58), Lopes(63).
Fikrlar