Legionerlarimiz. Musaevning jamoasi g‘alabali yurishini davom ettirmoqda

  • 1 iyul, 2017, 22:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Yaponiya Jey ligasida 17-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” klubi bu tur safarda turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda borayotgan “Albireks Nigata” klubi bilan bahs yuritdi.

Tecno

Mazkur o‘yinda 2:0 hisobida ivataliklar g‘alaba qozonishdi. Musaev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 75-daqiqada o‘z o‘rnini sherigiga bo‘shatib berdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Jubilo Ivata” o‘z ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi va 7-o‘ringa ko‘tarildi. Qayd etish joiz, 1-o‘rindagi “Kashiva Reysol” klubi “Jubilo Ivata”dan 6 ochkoga o‘zib ketgan.

Yaponiya Jey ligasi. 17-tur

“Albireks Nigata” – “Jubilo Ivata” 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: Teruki Xara(40 avtogol), Nagisa Sakurachi(54).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!