Legionerlarimiz. "Lokomotiv" bugun Rossiya Superkubogida ishtirok etadi. Denisovchi?

  • 27 iyul, 2018, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgan Moskvaning “Lokomotiv” klubi bugun mamlakat Superkubogi uchun bahsda hamshahari TsSKAga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatli tomoni “temiryo‘lchilar” safida hamyurtimiz Vitaliy Denisovning ushbu uchrashuvda ishtirok etish yoki etmasligidadir. E’tiborlisi, rus nashrlari e’lon qilgan taxminiy tarkibda hamyurtimiz joy olgan. Endi esa buni amalda ko‘rishimiz lozim. Nima bo‘lganda ham Denisovga ushbu uchrashuvda omad tilab qolamiz.

"Lokomotiv" – TsSKA

Stadion: "Nijniy Novgorod"

Boshlanish vaqti: 23:30

Bosh hakam: Vladislav Bezborodov

TsSKA: Akinfeev – Fernandes, Magnusson, Bekao, Щennikov – Biyol, Dzagoev, Axmetov – Vitino, Chalov, Jamaletdinov.

"Lokomotiv": Gilerme – Idovu, Kvirkveliya, Mixalik, V. Denisov – An. Miranchuk, I. Denisov – Ribus, Fernandesh, Farfan – Eder.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!