Legionerlarimiz. Janubiy Koreyadan daraklar

  • 26 avgust, 2018, 21:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtlarimiz Shoxrux Gadoev hamda Sanjar Tursunovlar faoliyat olib boradigan "Tedjon Sitizen" klubi o‘z maydonida "Ansan Grinerz"ni qabul qildi.

Tecno

Mazkur bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Har ikkala yurtdoshimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Tursunov 90 daqiqa o‘ynagan bo‘lsa, Gadoev 83-daqiqada zaxiraga olindi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng "Tedjon Sitizen" jamg‘argan ochkolar soni  33 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

K Liga-2. 25-tur

"Tedjon Sitizen" - "Ansan Grinerz" 1:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!