
Legionerlarimiz. Ismoilov terma jamoa o‘yinlari oldidan…
Bugun Xitoy Super ligasida 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov faoliyat olib boradigan “Changchun Yatay” klubi o‘z maydonida “Guychjou” klubini qabul qildi.
Qo‘polliklarga boy tarzda kchgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Anzur esa terma jamoa o‘yinlari oldidan bo‘lib o‘tgan mazkur bahsda 90 daqiqa o‘ynadi.
Xitoy Super ligasi. 15-tur
Changchun Yatay – Guychjou 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 1 Elavich, 1:1 – 50 Tan Long.
Changchun Yatay – Vu Yake, Anzur Ismoilov, Pei Shuai(Du Jenyu 35), Marino(Jou Dadi 82), Odion Igalo, Sun Jie, Jiang Je, Fan Xiaodong, Xe Chao(Jang Li 79), Tan Long, Jang Xiaofei.
Guychjou – Su Boyang, Tang Xin, Baise Festus, Fan Yunlong(Liang Xeuming 73), Cheri(Vang Jun 90+4), Elavich, Iminjan Ilxamjan, Min Junlin, Jiang Liang, Xan Pengfei, Makgaun.
Amalga oshirilmagan penalti: Igalo(28).
Ogohlantirishlar: Tang Xin(22), Fan Yunling(23), Pei Shuai(23), Makgaun(27), Su Boyang(85), Fan Xiaodong(90+1), Sun Jie(90+6).
Chetlatishlar: Xan Pengfei(8), Su Boyang(90+6).
Fikrlar