Legionerlarimiz. Fozil Musaevning jamoasi Krishtianuga qarshi hech nima qila olmadi

  • 20 may, 2017, 14:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Yaponiya J ligasida 12-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” jamoasi o‘z maydonida “Kashiva Reysol” klubini qabul qildi.

Tecno

Mazkur o‘yinda “Jubilo Ivata” klubi himoyachilari “Kashiva Reysol”ning braziliyalik hujumchisi Krishtianu da Silvaga qarshi hech nima qila olishmadi. 30 yoshli Krishtianu bir bor gol kiritdi. Bundan tashqari yana bir golga assistentlik qildi. Natijada hisob –0:2, mehmonlar foydasiga. Hamyurtimiz esa o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 79-daqiqada zahiraga olindi.

Yaponoua J ligasi. 12-tur

Jubilo Ivata – Kashiva Reysol 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 44 Krishtianu da Silva, 0:2 – 74 Nakagava.

Jubilo Ivata – Kaminski, Oxi, Sakurauchi, Musaev(Ueda 79), Nakamura, Miyazaki(Ogava 46), Adailton, Kavamata(Saito 63), Morishita, Kavabe, Takaxashi.

Kashiva Reysol – Nakamura, Kamata(Koga 88), Nakatani, Otani, Taketomi, Krishtianu, Koike, Ito(Diego Oliveira 90+3), Tezuka(Xosogai 90+1), Nakagava, Vako.

Ogohlantirishlar: Nakatani(60), Ito(90+1).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!