
Legionerlarimiz. Bobur Davlatovning jamoasi so‘nggi turda ham muxlislarini xushnud eta olmadi
Bugun Rossiya Birinchi divizionida 38-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Bobur Davlatov faoliyat olib boradigan “Nefteximik” klubi mavsumdagi so‘nggi o‘yinni o‘z maydonida “Enisey” klubiga qarshi o‘tkazdi.
Davlatovsiz o‘tgan mazkur o‘yinda 0:2 hisobida mehmonlar zafar quchdi.
“Nefteximik” mavsum davomida 27 ochko to‘plaid va 20 jamoa orasida so‘nggi o‘rinni olib, kelgusi mavsum yanada quyi bo‘lgan Ikkinchi divizionda o‘ynaydigan bo‘ldi.
Rossiya Birinchi divizioni. 38-tur
Nefteximik – Enisey 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 86 Sergey Samodin, 0:2 – 90 Sergey Samodin.
Fikrlar