
Legionerlarimiz. Afoninsiz “Orenburg” safarda g‘alaba qozondi
Bugun Rossiya Premer ligasida 23-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Mazkur tur doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Vadim Afonin to‘p tepadigan “Orenburg” klubi safarda “Tom” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Qizg‘in va murosasiz tarzda kechgan bellashuvda “Orenburg” safarda bo‘lishiga qaramay, ortga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Vadim Afonin esa bugun qaydnomaga ham kiritilgani yo‘q.
Rossiya Premer ligasi. 23-tur
“Tom” – “Orenburg” 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 22, Oyevole, 1:1 – 36, Pugin, 1:2 – 73, Blago.
Fikrlar