
La Repubblica: "Inter" va Remzi og‘zaki kelishuvga erishishgan
Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.
La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yozda “kanonirlar” bilan shartnomasi yakuniga etadigan 27 yoshli uelslik futbolchi “neradzurrilar” bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Gap shundaki, Remzi yiliga kamida 6-7 mln evro maosh olmoqchi. “Inter” esa unga bunday maoshni berishga tayyor.
Biroq, milanliklar ustozi Luchano Spalletti mavsum yakunlanishini kutmoqchi emas va Remzini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq jamoasiga ko‘chib o‘tishini xohlamoqda. O‘z navbatida “Inter” bosh direktori Beppe Marotta uning bu istagini amalga oshirish uchun yanvardayoq Remzini sotib olishga urunib ko‘rmoqchi.
Ma’lumot uchun, Remzi “Arsenal” safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar