
Kurtua Navasdan kuchsiz?! (FOTO)
Kuni kecha “Chelsi”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan darvozabon Tibo Kurtua o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida ko‘rsatgan statistikasi bo‘yicha "qirollik klubi"ning kosta-rikalik posboni Keylor Navasdan ortda qoladi.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik posbon o‘tgan mavsum EChLda jami 20ta seyvni amalga oshirgan va o‘z darvozasidan 12ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Navas 33 marta jamoasini goldan qutqarib qolgan va o‘z darvozasidan 13ta to‘p olib chiqqan.
Ta’kidlash kerakki, Kurtua Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida jami 62% zarbani qaytarishga erishgan. Bu esa musobaqadagi eng yomon 2-natija hisoblanadi. Bu boradagi eng yomon natija esa “Sevilya” posboni Serxio Rikoga tegishli – 58%.
Taqqoslash uchun, Navas o‘z darvozasi tomon berilgan zarbalarning 71 foizini qaytara olgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, yangi mavsumda “Real”da asosiy tarkibga kirish uchun haqiqiy darvozabonlar kurashi kechadi.
Fikrlar