
Kurash: Dildor Shermetova Osiyo o‘yinlari g‘olibasi
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun doirasidan o‘rin olgan ayollar o‘rtasidagi -63 kg vazn toifasida final bosqichi o‘z yakuniga etdi.
Ushbu bosqichda hamyurtimiz Dildor Shermetova mo‘g‘ulistonlik Baasanjargal Bayarbatga qarshi gilamga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda vakilamiz bitta chala bahosi evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Shu bilan oltin medallarimiz soni 11 taga etdi va hamyurtlarimiz onlayn medallar jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
Fikrlar