Kuadrado: "Yuventus" Ronaldusiz ham kuchli jamoa edi

  • 22 sentabr, 2018, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado Turin super klubi Krishtianu Ronaldusiz ham kuchli bo‘lganini aytdi.

Tecno

“Albatta, Ronaldu klubga nimadir bera oladi. Chunki, Krishtianu kimligi va qanday futbol ko‘rsatishi barchaga ma’lum. Lekin, “Yuventus” bungacha ham doimo kuchli jamoa bo‘lgan. Biz yanada kuchaydik va bu faqatgina Ronalduning kelgani bilan bog‘liq emas. Buning asosiy sabab aksariyat futbolchilar uzoq yillardan buyon “Yuventus”da to‘p surib kelishmoqda”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Yuventus” safiga joriy yozgi transferlar davrida “Real” Madriddan 117 million evroga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!