Kroos va Dias "Real"ning "Alaves"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi

  • 3 fevral, 2019, 19:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Santyago Solari bugun La Liganing 22-turi doirasida “Alaves”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatga Toni Kroos, Braim Dias va Federiko Valverdelar kiritilmadi. Lyuka Zidan va Xesus Valexolar esa jarohati sabab ushbu o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Dani Karvaxal va Rafael Varanlar esa diskvalifikatsiya sabab ushbu bahsni o‘tkazib yuborishadi.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Keylor Navas, Diego Altube.

Himoyachilar: Nacho Fernandes, Serxio Ramos, Marselo, Serxio Regilon, Alvaro Odriosola, Xaver Sanches.

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Luka Modrich, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Dani Sebalos.

Hujumchilar: Mariano Dias, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Vinisius Junior.

Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Alaves” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!