
Koutino: So‘nggi daqiqalargacha g‘alabaga umid qilgandik
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutino JCh-2018 guruh bosqichi ikkinchi turida Kosta-Rika (2:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Futbolchi o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqada gol kiritib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
- Biz kuchli jamoamiz. Buni maydonda ko‘rdingizlar. Neymarning hissiyotlarini ham ko‘rdingiz. Jamoamiz g‘alabani qidirgan edi. Ilk daqiqalardan oldinga tashlandik. So‘nggi daqiqalargacha g‘alabaga ishongandik. Kim gol urgani muhim emas. Biz raqibning himoyalanishini bilardik. Shunga qaramasdan hotirjamlikni saqlab hujumlar uyuushtirdik. Yakunda kutilgan natija bo‘ldi, - deydi Koutino.
“E” guruhida ikkinchi turdan so‘ng Braziliya va Shveytsariya termalari 4 tadan ochko jamg‘arib, birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band etib turishibdi. Serbiyada 3 ochko bo‘lsa, Kosta-Rikada birorta ochko yo‘q va turnirni tark etgan jamoalar qatoridan o‘rin oldi.
Fikrlar