Koreyalik taekvondochilar Osiyo o‘yinlarida gegemonlik qilishdi

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarida bir qator sport turlarida bellashuvlar o‘z yakuniga etdi va mutaxassislar ushbu yo‘nalishlarda umumjamoa hisobida medallar jamdanmasini sarhisob qilishmoqda. 

Tecno

Xabaringiz bor, kecha taekvondo bo‘yicha bahslar o‘z yakuniga etdi. Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, ushbu sport turining vatani bo‘lmish Janubiy Koreya terma jamoasi umumjamoa hisobida mutlaq etakchilik qilishdi. Belgilangan 14 vazn toifasida ular 2tasida medal ola bilishmadi. Qolgan barcha yo‘nalishda koreyalik sportchilar shohsupaga ko‘tarilishdi. 

Yakunda ularning jamg‘argan medallari 5 ta oltin va shuncha kumush, shuningdek, 2 ta bronzaga etdi. Eronlik taekvondo ustalari esa 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan ikkinchi, tailandliklar esa 2 tadan oltin va bronza medallari bilan kuchli uchlikni yachkunlab berishdi. 

Yurtdoshlarimiz esa 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan to‘rtinchi pog‘onada qayd etildi. Medallar sifati bo‘yicha 4-natijaga ega bo‘lsakda, soni borasida uchinchi o‘rindamiz. Ta’kidlash joiz, bu taekvondochilarimiz Osiyo o‘yinlaridagi eng yuqori natijasi bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!