Koreyalik futbolchilar Qoraqalpog‘iston vakillariga qarshi to‘p suradi

  • 27 noyabr, 2018, 14:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida “Orolbo‘yi hududlarida ekologik muhitni yaxshilash masalalari va bu jarayonda koreys diasporasining roli” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur forumda BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi vakillari ishtirok etishmoqda. Forum doirasida Janubiy Koreyaning Seul shahridagi “Chung-Ang university high school” futbol jamoasi bilan  Qoraqalpog‘iston Respublikasining U-19 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi bugun “Turon” markaziy o‘yingohida soat 14:00da o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. 

Tecno

“Chung-Ang university high school” jamoasi 28 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Milliy” o‘yingohida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar jamoasi bilan kuch sinashishadi va shundan so‘ng 29 noyabr kuni charter yo‘nalish orqali o‘z vatanlariga qaytib ketishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!