
Konte qishda "Chelsi"ga hujumchi olib kelmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi uchtozi Antonio Konte qishki transferlar chog‘ida jamoaga hujumchi olib kelishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph nashrining yozishicha Alvaro Morataning jarohat olishi va Mishi Batshuayining qoniqarsiz harakatlari italiyalik mutaxassisni shunday qaror qabul qilishga majbur qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda davralar oralig‘ida Jeymi Vardi (“Lester”), Kristian Benteke (“Kristal Pelas”) hamda Richmond Boachi (“Tsrvena Zvezda”) kabi hujumchilardan biri “aristokratlar” safini to‘ldirishi kutilmoqda. Agar “Chelsi” qishda o‘z niyatiga erishsa, Batshuayi mavsum so‘nggiga qadar boshqa jamoaga ijaraga berib yuboriladi.
Fikrlar