
Konte "Real"ning taklifini rad etishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte "Real"ning taklifiga rad javobi berishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra italiyalik mutaxassis Madridga ko‘chib o‘tgandan ko‘ra APLda qolishni ma’qul ko‘rmoqda. U hozircha Joze Mourinoning "Manchester Yunayted"dan iste’foga chiqarilishini kutmoqda. Konte faoliyatini aynan MYuda davom ettirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Konte bilan muzokaralar olib borayotgani va uning assistenti kechagi el klasikoni stadiondan turib kuzatib borgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar