
Konte "Real"ning taklifiga javob berdi
Italiyalik mashhur mutaxassis Antonio Konte o‘ziga taklif bildirayotgan “Real” Madridga javobini aytdi.
Il Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli mutaxassis agar hozirgi bosh murabbiy Xulen Lopetegi tez orada o‘z lavozimini tark etsa, “qirollik klubi”ni boshqarishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Konte faoliyati davomida "Aretstso", "Atalanta", "Bari", "Siena" va "Yuventus" kabi klublarni boshqargan. Shuningdek u Italiya terma jamoasida ham ishlagan.
Fikrlar