
Konte "Chelsi"ni yangi mavsumga tayyorlay boshladi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Qizig‘i shundaki, tez orada iste’foga chiqarilishi aytilayotgan 47 yoshli italiyalik mutaxassis ta’tildan qaytgan futbolchilar bilan mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kontening “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolagan.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq “Chelsi” boshqaruvini “Napoli”ning sobiq ustozi Mauritsio Sarri qo‘lga olishi aytilayotgan edi.
Fikrlar