
Konfederatsiyalar kubogi - 2017. Avstraliya - Germaniya uchrashuvi oldidan tarixni yodga olamiz (video)
Xabaringiz bor, shu kunlarda Rossiya yashil maydonlari Konfederatsiyalar kubogi - 2017 musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun Sochi shahridagi "Fisht" stadionida "B" guruhining ikkinchi bahsi bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, amaldagi Jahon chempionlari - Germaniya terma jamosi OFK vakili Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Germaniya termasi 2005 yil o‘z maydonida o‘tkazilgan Konfederatsiyalar kubogida Avstraliya bilan to‘qnash kelgan. O‘shanda jamoalar muxlislarga haqiqiy futbol shousini taqdim etishgandi. Yakunda raqibiga nisbatan biroz tajribaliroq hisoblangan maydon egalari 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.
Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi. Quyida ushbu tarixiy bahsni yana bir bor yodga olamiz:
Fikrlar