Koman: "Park de Prens"da o‘ynashni bolaligimdanoq orzu qilganman
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Kingsli Koman bugun UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida PSJga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Park de Prens”da o‘ynashni bolalik chog‘larimdayoq orzu qilganman. Bu erga “Bavariya”dek jamoa safida keldim va men hozir ikki barobar xursandman.
PSJning kuchsiz tomoni yo‘q. Raqibning eng xavfli chizig‘i bu hujumdir. Ularga imkoniyat bermasligimiz uchun barchamiz bir bo‘lib himoyalanishimiz zarur”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ hamda “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.



Fikrlar