
Klublar o‘rtasidagi JCh. "Al-Ayn" finalga chiqqan Osiyoning ikkinchi klubi bo‘ldi
"Hazza bin Zayid" stadionida kechgan bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi - 2:2. Penaltilar seriyasida esa qit’adoshlarimiz 5:4 hisobida zafar quchib, final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Unda mezbon mamlakat - BAAning "Al-Ayn" jamoasi Libertadores kubogi g‘olibi, Argentinaning "River Pleyt" klubiga qarshi bahs olib bordi.
Shu tariqa, Zoran Mamich shogirdlari mazkur musobaqa finaliga chiqqan Osiyoning ikkinchi jamoasi bo‘lishdi. Bunga qadar 2016 yilda Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi ham o‘z uyida o‘tgan musobaqa finaliga qadar etib borgan va hal qiluvchi uchrashuvda "Real"ga mag‘lub bo‘lgan edi - 2:4.
"Al-Ayn"ning finaldagi raqibi esa ertaga bo‘lib o‘tadigan "Kashima Antlers" - "Real" o‘yininidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar