
Kirsten Flipkensni to‘xtatadigan tennischi topilmayapdi
Belgiyalik Kirsten Flipkens va slovakiyalik Viktoriya Kuzmova Xobertda o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Kirsten 6:7, 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Amerikalik Sofiya Kenin esa tunislik Ons Jaberni 7:6, 6:3 hisobida taslim qilib "Hobart International" turnirining chorak finaliga yo‘l oldi.
Endi musobaqaning yarim final bosqichiga chiqish uchun Flipkens va Kenin o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar