
Kiki Bertens endi chexiyalik tennischi bilan o‘ynaydi
"Rogers Cup" turniri Kanadaning Monreal shahri mezbonlik qilmoqda. Unda tennischilar birinchi davra bahslarini o‘tkazmoqdalar.
Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens ushbu davrada kanadalik Kerol Jaoni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Kiki musobaqaning ikkinchi davrasida chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv g‘olibi esa navbatdagi bosqichda yana bir chexiyalik Petra Kvitova bilan raqobatlashadi
Fikrlar