Keyrush: Hech kim Eron bilan o‘ynashni istamaydi, chunki...

  • 4 iyun, 2018, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush jamoasining mundial oldidan kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkaza olmayotganidan ranjimoqda.

Tecno

“Bizni juda ko‘p tanqid qilishadi, ammo shu bilan birga hech kim biz bilan o‘ynashni istamayapti. Eronda siyosiy qarama-qarshiliklar mavjud”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Eron bilan yadro kelishuvidan chiqqanini e’lon qilganidan so‘ng, dastlab Gretsiya, so‘ngra esa Kosova terma jamoalari eronliklar bilan belgilangan o‘rtoqlik o‘yinlarini bekor qilishgan edi.

Ma’lumot uchun, Eron so‘nggi 2ta o‘rtoqlik o‘yinini Turkmaniston (1:0) va Turkiya (1:2) terma jamoalariga qarshi o‘tkazdi. Ular keyingi o‘rtoqlik uchrashuvini 8 iyun kuni Litvaga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!