Keyn "Tottenxem"ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi

  • 21 fevral, 2019, 20:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi forvardi Xarri Keyn to‘pig‘idan olgan jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki Keyn APLning 22-turida “Manchester Yunayted”ga (1:0) qarshi bahsda jarohat olgan edi. Shundan so‘ng shifokorlar uni taxminan 1,5 oy maydonga tusholmasligini aytgan edi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli angliyalik futbolchi jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, Keyn joriy mavsum APLda 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!