Keyn: Sardorlik bog‘ichini Runiga beraman

  • 7 noyabr, 2018, 21:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi va Angliya terma jamoasi forvardi Xarri Keyn AQShga qarshi o‘yinda terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadigan hujumchi Ueyn Runi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Runi ushbu bahsda terma jamoani sardor sifatida boshlab tushadimi? U bunga munosib. Ueyn men terma jamoaga kelganimda sardor edi. Albatta, agar u ushba bahsda ishtirok etsa, sardor bo‘ladi.

Terma jamoada gol urish borasida Runini ortda qoldira olamanmi? Meni oldinda uzoq yo‘l kutmoqda. Umid qilamanki, sog‘ bo‘lsam gollar urishda davom etaman. Nima bo‘lishini esa keyin ko‘ramiz”, - deydi Keyn.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!