
Keylor Navas ham Ronalduning ortidan "Yuventus"ga yo‘l olishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi "Real" Madrid darvozaboni Keylor Navasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “keksa sinora” Tibo Kurtua kelgach “Real”da ikkinchi raqamli darvozabonga aylanib qolgan kosta-rikalik posbonni o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi. Xabarlarga qaraganda turinliklar Navasni qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘rishadi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli darvozabon joriy mavsum “qirollik klubi” safida 3ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 5ta gol o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yozgi transferlar davrida "Yuventus" "Real"ning boshqa bir yuduzi Krishtianu Ronalduni sotib olgan edi.
Fikrlar