
"Kevo" bosh murabbiyi: Biz Ronalduning tuzog‘iga tushmaymiz
"Kevo" klubi bosh murabbiyi Lorentso D’Anna bugun A Seriyaning ilk turida "Yuventus"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz birinchi navbatda o‘zimizga ishonishimiz va "Yuventus"ning tarkibiga ko‘plab yangi futbolchilar kelib qo‘shilganidan foydalanishimiz lozim. Agar hozir biz mag‘lub bo‘lish haqida o‘ylayotgan bo‘lsak, yo uyda qolishimiz yoki plyajga ketishimiz kerak. Bizning maqsadimiz - "Yuventus"ni qiynash. Biz ular uchun shunchaki yosh bola bo‘lishni istamaymiz. Agar biz Ronalduni yopishni uddalasak, u holda "Yuve"ning hujum chizig‘i o‘z-o‘zidan to‘xtaydi. Biz Ronalduning taktik tuzog‘iga tushmaymiz", - deydi "Kevo" ustozi.
Eslatib o‘tamiz, "Kevo" - "Yuventus" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar