Kellini: Ibragimovichning Shvetsiya termasida yo‘qligidan xursandman

  • 9 noyabr, 2017, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini ertaga bo‘lib o‘tadigan Shvetsiyaga qarshi pley-offning dastlabki o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. E’tiborlisi, tajribali himoyachi Ibragimovichning Shvetsiya terma jamoasida yo‘q ekanligidan xursand.

Tecno

“Bo‘lajak o‘yinlarda Ibragimovichning Shvetsiya terma jamoasida yo‘qligidan xursandman. Biroq, usiz ham ushbu jamoa o‘ta hamjihat. Pley-offda favoritlar yo‘q. Bu erda imkoniyatlar teng. Biz guruh bosqichida Ispaniyaga qarshi bahsda yo‘qotgan ishonchimizni qaytarishimiz kerak. O‘ylaymanki biz ushbu o‘yinga tayyormiz”, - deydi Kellini Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya hamda Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!