Kellini: "Atletiko" ko‘proq italiyan klubiga o‘xshaydi

  • 19 fevral, 2019, 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjo Kellini “Atletiko”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Atletiko” ispan jamoasidan ko‘ra ko‘proq italyan klubiga o‘xshaydi.  O‘yin uslubiga ko‘ra ular ko‘proq bizning jamoalarga o‘xshaydi. Simeone “Yuventus”ni to‘xtatib qolish uchun 4ta yarim himoyachi tushirishga tayyor deb o‘ylayman.

Umid qilamanki ushbu stadionga 1 iyunda yana qaytamiz”, - deydi Kellini.

Eslatib o‘tamiz, EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Atletiko” hamda “Yuventus” jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash kerakki, joriy mavsum Chempionlar ligasi finaliga aynan ertaga bo‘ladigan "Vanda Metropolitano" stadioni mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!