Kasilyas Moskva va Toshkentning "Lokomotiv" jamoalarini almashtirib qo‘ydi

  • 23 oktabr, 2018, 19:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Portu” klubining ispaniyalik darvozaboni Iker Kasilyas Moskvaning “Lokomotiv” klubiga qarshi EChL uchinchi tur o‘yinidan oldin kichik bir xatoga yo‘l qo‘ydi.

Tecno

Gap shundaki, Kasilyas 24 oktyabr kuni bo‘ladigan o‘yin oldidan Moskvadagi “Qizil maydon”da sayr qildi va o‘zining tvitter sahifasida mahalliy “temiryo‘lchilar” o‘rniga O‘zbekistoning “Lokomotiv” klubini belgilab izoh qoldirgan.

JCh-2018 turniri vaqtida televideniyadagi ish tajribasidan so‘ng men chiroyli shaharga tashrif buyurish uchun qaytdim va EChLda “Lokomotiv” bilan o‘ynaymiz, – deb yozadi Kasilyas o‘zining tvitter sahifasida.

Casillas_1

Ikki turdan so‘ng “Portu” 4 ochko bilan “D” guruhida etakchilik qilmoqda. “Lokomotiv” esa birorta ochko to‘play olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!