
Karolin Voznyatski bosh sovrin himoyasiga kirishdi
Daniyalik Karolin Voznyatski "Australian Open" turnirining birinchi davrasida kortga chiqib, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
"Katta dubulg‘a" turkumidagi mazkur musobaqaning ilk bosqichida Karolin belgiyalik Alison van Uytvankni 6:3, 6:4 hisobida engdi.
Endi Voznyatski Melburnda o‘tayotgan chempionatning navbatdagi bosqichida shvetsiyalik Yoxanna Larssonga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar