Kanselu ko‘zda yosh ila "Valensiya"ni tark etdi (video)
Avvalroq “Valensiya” hamda “Inter” klublari tez kunlarda o‘zaro futbolchi almashishi haqida xabar berib o‘tgan edik. Unga ko‘ra yaqin ikki kun ichida “ko‘rshapalaklar” o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu “Inter”ga, “neradzurrilar” xavbeki Joffre Kondogbia esa “Valensiya”ga o‘tadi.
Kecha Ispaniya La Ligasining 1-turida Joau Kanselu "Valensiya" safida "Inter"ga ketish oldidan o‘zining so‘nngi uchrashuvini o‘tkazdi. "Las-Palmas"ga (1:0) qarshi bahs yakunlangach, portugaliyalik futbolchi ko‘z-yoshlarini yashira olmadi va shu tariqa o‘zining qadrdon jamoasi bilan hayrlashdi.



Fikrlar