Kamila Jorji raqibasini ayab o‘tirmadi
Italiyalik Kamila Jorji va sloveniyalik Dalila Yakupovich Melburn shahrida o‘tayotgan "Australian Open" turnirida o‘zaro raqobatlashdi.
Ular o‘rtasidagi uchrashuvda Kamila dastlabki setda 6:3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi setda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shu tariqa Jorji Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida ruminiyalik Ana Bogdan, yoki polshalik Iga Svyatekka qarshi o‘yin o‘tkazadi.



Fikrlar