
KXL chempionatida «Torpedo» muhim g‘alabaga erishdi
KXL chempionatining navbatdagi turida 7ta uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning «Metallurg Mg» va «Spartak» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda 3:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, «Avtomobilist» o‘zining «KSK Urales» muz saroyida «Severstal»ni 5:0 hisobida engdi.
Chempionatning «Traktor» hamda «Torpedo» klublari o‘rtasidagi uchrashuv keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Safarda o‘yin o‘tkazgan «Torpedo» raqiblarini 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, bugun «Lada – Dinamo Riga», «Lokomotiv» – «Yugra», «Vityaz» – «Admiral» hamda «Dinamo Moskva» – «Sibir» jamoalari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar