
KXL. "Lokomotiv"ning g‘alabali odimi to‘xtatildi va boshqa natijalar
Mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan Yaroslavlning "Lokomotiv" klubi kecha o‘z muz saroyida Minskning "Dinamo"siga imkoniyatni boy berdi - 1:2. Shu tariqa, "temiryo‘lchilar"ning 5 ta o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabali seriyasiga barham berildi.
Astanada Omskning "Avangard"ini qabul qilgan "Baris" esa bullitlar seriyasida raqibga imkoniyatini boy berdi.
Quyida shu va boshqa uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz
"Baris" (Astana) - "Avangard" (Omsk) 3:4 (bullitlar seriyasi)
"Salavat Yulaev" (Ufa) - "Sibir" (Novosibrisk) 3:1
"Lokomotiv" (Yaroslavl) - "Dinamo" (Minsk) 1:2
"Severstal" (Cherepovets) - SKA (Sankt-Peterburg) 0:5
"Torpedo" (Nijniy Novgorod) - AK Bars (Qozon) 2:4
"Dinamo" (Mosvka) - "Vityaz" (Podolsk) 4:2.
Fikrlar