
KXL. "Avtomobilist"dan kambek
Ekaterinburgning "Avtomobilist" jamoasi o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi. Dastlabki ikki davrani umumiy 1:4 hisobida boy bergan Andrey Martemyanov shogirdlari uchinchi 20 daqiqalikda raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi va overtaymlarda ham gol kiritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Qayd etish joiz, bu "Avtomobolist"ning mavsumdagi ketma-ket o‘ninchi g‘alabasi bo‘ldi.
Quyida shu va boshqa o‘yinlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz.
"Metallurg Magnitogorsk" - "Severstal" (Cherepovets) 2:1
"Avtomobilist" (Ekaterinburg) - "Lokomotiv" (Yaroslavl) 5:4 OT
"Slovan" (Bratislava) - "Spartak" (Moska) 1:4
"Dinamo" (Riga) - "Yokerit" (Xelsinki) 2:1 OT
TsSKA (Moskva) - "Sochi" 2:1
Fikrlar