
Joshua Povetkinni nokautga uchratdi
Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan boks kechasining asosiy jangida bnitaniyalik Entoni Joshua va rossiyalik Aleksandr Povetkin o‘zaro kuch sinashdi.
Jangning birinchi yarmi deyarli teng kurashlar ostida o‘tdi va hattoki ilk raundda Povetkin ustunlikka ham erishdi. Rossiyalik bokschi raqibini masofada ushlab, asosan qarshi hujumlarda harakat qilishga urindi. Joshua esa uni kutib olishga harakat qildi.
Sakkizinchi raundga kelib Joshua faollikni oshirdi va raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Bundan Povetkinning chiqib ketishi qiyin kechdi. Shundan so‘ng Joshua yana zarbalar yo‘llashda davom etdi va bu vaziyatda referi jangni to‘xtatdi.
Fikrlar